Joriy yilning 24-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi hududiy bo‘linmasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Surxondaryo viloyati bo‘linmasi, «Yuksalish» harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda davlat va jamoatchilik hamkorligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur tadbir doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli…
Read MoreSizlarni milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan, ezgulik, yangilanish va mehr-oqibat timsoli — Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman. Navro‘z — bu tabiatning uyg‘onishi bilan birga inson qalbida ham yangi orzu-intilishlar, ezgu niyatlar kurtak yozadigan qutlug‘ ayyomdir. Ushbu fayzli kunlarda har bir xonadonga quvonch, fayzu baraka, tinchlik va farovonlik yor bo‘lishini tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va jamiyatimiz ravnaqi…
Read MoreYurtimizda azaldan ezgulik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik timsoli bo‘lib kelgan ulug‘ ayyom — Ramazon hayiti munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman. Bu qutlug‘ kunlarda qilgan ibodat va duolaringiz ijobat bo‘lib, qalblaringizni ezgu niyatlar, xonadonlaringizni tinchlik va baraka tark etmasin. Har biringizga sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman. Ramazon hayitining fayzi va barakoti yurtimizga farovonlik, xalqimizga hamjihatlik…
Read More🌸 2026-yil 17-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida «Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi asosida Navro‘z bayrami munosabati bilan tonggi tadbir tashkil etildi. Unda milliy qadriyatlarimiz, bahorning iliq nafasi va yangilanish ruhi o‘z aksini topdi. Musiqa sadolari va dilbar she’rlar bayramona kayfiyatni yanada boyitdi. Samimiy muhit, iliq tilaklar va ko‘tarinki ruh…
Read MoreMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi hamda faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi tasdiqlangan hujjatiga muvofiq, ommalashtirish jarayonlarida bir qator zamonaviy mexanizmlar joriy etildi. 🎤Baholash jarayoni to‘liq raqamlashtirildi. Endilikda metodik ishlar «ommalashtirish.avloniy.uz» platformasi orqali qabul qilinadi va barcha jarayonlar elektron tizim orqali amalga oshiriladi. 🎤 Metodik ishlarni anonim baholash…
Read MoreJoriy yilning 16-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida xorijiy maslahatchi Samuel Choi Nyabere tomonidan ingliz tili yo‘nalishida malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun “Tilni o‘zlashtirishning 5 bosqichi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar davomida zamonaviy ta’lim yondashuvlari, xorijiy tajribaning amaliy ahamiyati hamda ingliz tilini o‘qitishda samarali metodlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Xorijiy mutaxassis tomonidan xalqaro ta’lim muhitida qo‘llanilayotgan…
Read MoreSurxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida seminar tashkil etildi. Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda pedagogik mahorat markazi mas’ul xodimlari tomonidan PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida amalga oshiriladigan vazifalar, tadqiqotning mazmun-mohiyati hamda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash jarayonlariga oid muhim ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, test.avloniy.uz platformasidan foydalanish tartibi…
Read MoreO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 72-F-son farmoyishiga asosan joriy yilning 13–14-mart kunlari Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari tashkil etildi. ☘️ Tadbir davomida markaz hududida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hududlar tozalandi, bo‘sh maydonlarga gullar…
Read MoreBugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Tarix fani 2-guruh tinglovchilari Termiz davlat universitetida joylashgan Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan muzeyga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida tinglovchilar qatag‘on davri tarixiga oid noyob eksponatlar bilan tanishib, millat ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz hayoti hamda faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Mazkur tashrif tinglovchilarda tarixiy xotirani asrash, milliy…
Read MoreJoriy yilning 13-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Surxondaryo viloyati IIB ATSJQKB HPG MTB inspektori O.E. Umarov ishtirokida axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ijtimoiy tarmoqlar va internetdan foydalanishda shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya etmaslik oqibatida sodir bo‘layotgan kiberjinoyatlar, xususan, firibgarlik holatlarining ortib borayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, kiberxavfsizlikni ta’minlash,…
Read More

