
🌸 2026-yil 17-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida «Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi asosida Navro‘z bayrami munosabati bilan tonggi tadbir tashkil etildi. Unda milliy qadriyatlarimiz, bahorning iliq nafasi va yangilanish ruhi o‘z aksini topdi. Musiqa sadolari va dilbar she’rlar bayramona kayfiyatni yanada boyitdi. Samimiy muhit, iliq tilaklar va ko‘tarinki ruh barchaga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Tonggi tadbir barcha ishtirokchilarga quvonch, ilhom va bayramona shukuh hadya etdi.



