
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida seminar tashkil etildi. Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda pedagogik mahorat markazi mas’ul xodimlari tomonidan PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida amalga oshiriladigan vazifalar, tadqiqotning mazmun-mohiyati hamda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash jarayonlariga oid muhim ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, test.avloniy.uz platformasidan foydalanish tartibi tushuntirilib, tizim orqali olingan natijalarni tahlil qilish hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Seminarda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Tadbirning amaliy qismida o‘quvchilar bilan matn ustida ishlash, o‘qish savodxonligini rivojlantirish, tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.



