
Joriy yilning 13-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Surxondaryo viloyati IIB ATSJQKB HPG MTB inspektori O.E. Umarov ishtirokida axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ijtimoiy tarmoqlar va internetdan foydalanishda shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya etmaslik oqibatida sodir bo‘layotgan kiberjinoyatlar, xususan, firibgarlik holatlarining ortib borayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, kiberxavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning ogohligini oshirish hamda O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar, jumladan, “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qaror mazmuni haqida qisqacha ma’lumot berildi.



