Yurtimizda azaldan ezgulik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik timsoli bo‘lib kelgan ulug‘ ayyom — Ramazon hayiti munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman. Bu qutlug‘ kunlarda qilgan ibodat va duolaringiz ijobat bo‘lib, qalblaringizni ezgu niyatlar, xonadonlaringizni tinchlik va baraka tark etmasin. Har biringizga sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman.  Ramazon hayitining fayzi va barakoti yurtimizga farovonlik, xalqimizga hamjihatlik va osoyishtalik olib kelsin. Ezgu niyatlarimiz ro‘yobga chiqib, qalblarimiz mehr-oqibat va samimiyat bilan to‘lsin.

Hurmat bilan,
Murot Isoqov
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori

Leave a Comment