O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 72-F-son farmoyishiga asosan joriy yilning 13–14-mart kunlari Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari tashkil etildi.

☘️ Tadbir davomida markaz hududida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hududlar tozalandi, bo‘sh maydonlarga gullar hamda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Obod va toza hududlar — barchamizning birinchi qadriyatimiz!

Leave a Comment