Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyasi” kafedrasida jami 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, shundan 6 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda, 7 nafari esa o‘rindoshlikda faoliyat ko‘rsatadi. Kafedra tarkibida 3 nafar fan doktori, professor, 1 nafar fan nomzodi, dotsent, 6 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchi kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.

          

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT

                 Durmanova Gulchehra Dusiyarovna

1993-yilda Termiz davlat universitetini “Maktabgacha ta’lim, pedagogika va psixologiya “ mutaxassisligi bo‘yicha, 2014-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini “Ta’lim tizimi uchun psixolog”   mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 

2010-yil 4-yanvardan Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasida katta o‘qituvchisi  lavozimida ishlab kelmoqda.

To‘raxonov Abdukarim Eshqo‘ziyevich

2008-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini “Umumiy psixologiya, psixologiya tarixi” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 

2018-yildan hozirgi Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi  “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

1. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va usullar.

2. Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati.

3. Mutaxassisning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish.

4. Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari.

5. Pedagogning mas’uliyati va moslashuvchanligi.

6. Rahbarning mas’uliyati va moslashuvchanligi.

7. Ta’limda boshqaruv.

8. O‘quv-metodik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish.

9. O‘zini-o‘zi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish.

10. Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish.

11.Maktab amaliyotchi psixologi mas’uliyati va moslashuvchanligi.

12. Maktab amaliyotchi psixologlari faoliyatidagi dolzarb masalalar.

Qayta tayyorlash kurslari uchun:

1.      Umumiy psixologiya

2.      Umumiy pedagogika

3.      Oila psixologiyasi

4.      Oila pedagogikasi

5.      Ijtimoiy psixologiya

6.      Ijtimoiy pedagogika

7.      Pedagogik mahorat

8.      Tarbiyaviy ishlar metodikasi

9.      Xalq pedagogikasi. Qiyosiy pedagogika

10.  Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi

11.  Yosh va pedagogik psixologiya

12.  Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

13.  Psixologik xizmat

14.  Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi

15.  Pedagogik texnologiya

16.  Pedagogik konfliktologiya

17.  Kasbga yo‘naltirish va kasb tanlash asoslari

18.  Psixologik trening asoslari

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

1. To‘raxonov Abdukarim Eshqo‘ziyevich. Talabalarda kasbiy mas’uliyat shakllanishining psixologik xususiyatlar.

2.Mamadaliyeva Marhabo. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish.

3. Nurmamatov Abdumalik Shermatovich. O‘spirinlarning hayotiy strategik o‘z-o‘zini anglashda kreativlik omillari.