Kafedra mudiri: Berdiyeva Hanifa Meliyevna

Telefon: (+998 93) 636 10 18
E-mail: xoliqov
@mail.uz

Telegram: +998 93 636 10 18

“Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasida jami 5 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shundan 3 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda, 2 nafari esa o‘rindoshlikda faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibida 1 nafar fan nomzodi, 1 nafar pedagogika fanlari doktori, 3 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan katta o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda.

 

Kafedra mudiri, dotsent Berdiyeva Hanifa Meliyevna 2000-yil 1-aprelda  qayta tanlovdan o‘tib, hozirgi vaqtgacha kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT

Amirqulov Ilxom  Mustafaqulovich

  1992-yili Termiz Davlat pedagogika institutini “Umumtexnika fanlari va mehnat, o‘qituvchi” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 

2020-yildan  hozirgi vaqtgacha Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi bo‘lib  ishlab kelmoqda.

       Miliyev Normamat Davlyatovich

 1992-yili Termiz davlat pedagogika institutini “Umumtexnika fanlari va mehnat  o‘qituvchisi”  mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

2010-yildan hozirgi vaqtgacha Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi  “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Shomirzayev Maxmadmurot Xuramovich

1991-yilda Termiz Davlat pedagogika institutini  “Umumtexnika, qishloq xo‘jalik va mehnat ta’limi o‘qituvchisi” mutaxassisligini tugatgan. Pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.

2020-yil 3-yanvardan Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

1. Texnologiya

 

2. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

1. Miliyev Normamat Davlyatovich

 “Texnologik ta’limda interfaol usullardan foydalanishning samarali vositalarini rivojlantirish texnologiyasi”.