
Joriy yilning 24-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi hududiy bo‘linmasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Surxondaryo viloyati bo‘linmasi, «Yuksalish» harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda davlat va jamoatchilik hamkorligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur tadbir doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sharoitida davlat idoralari va jamoatchilik institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.



