Joriy yilning 16-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida xorijiy maslahatchi Samuel Choi Nyabere tomonidan ingliz tili yo‘nalishida malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun “Tilni o‘zlashtirishning 5 bosqichi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar davomida zamonaviy ta’lim yondashuvlari, xorijiy tajribaning amaliy ahamiyati hamda ingliz tilini o‘qitishda samarali metodlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Xorijiy mutaxassis tomonidan xalqaro ta’lim muhitida qo‘llanilayotgan ilg‘or metodikalar, interaktiv o‘qitish usullari hamda pedagoglarning kasbiy rivojlanish imkoniyatlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Leave a Comment