Markaz tarixi haqida

Xalq deputatlari Surxondaryo oblast soveti ijroiya qo‘mitasining  farmoyishiga asosan 1952-yil avgustda tashkil topgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3289-son qarori asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga o‘tkazilib “Termiz davlat pedagogika universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi”ga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qarori asosida Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi etib qayta tashkil qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni asosida Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi etib qayta tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son Qarori asosida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi etib qayta tashkil qilingan. Markazda umumiy qiymati 2.9 milliard so‘mlik 150 o‘rinli laboratoriya binosi qurilmoqda va uni jihozlash rejalashtirilgan. Ushbu laboratoriya binosi qurilishi uchun davlat budjeti mablag‘lari ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzulmasini rivojlantirish dasturi doirasida   4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Qurilish ishlari 2024-yil 1-noyabrda boshlanib, 2025-yil 28-fevral kuni yakunlanadi. Loyihachi:   Inter Active-Teams MCHJ Pudratchi:   BXM Group Warehouse MCHJ Markazning 2024-yil xarajatlar smetasiga 880 000 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birga  799 207, 0 so‘mga (markaz hududining chegara qismidagi devorlar, ichki qismidagi yo‘laklar, ma’muriy binoga kirish yo‘laklari, qo‘shimcha qorovulxona va yotoqxonalarning devorlarini joriy ta’mirlash) loyiha smeta  va ekspertiza hujjatlari  qilindi.

Fotolavhalar (Oldingi va hozirgi holat)

Fotolavha
Fotolavha
Fotolavha
Fotolavha
Fotolavha
Fotolavha
Fotolavha
Fotolavha