Joriy yilning 22–26-iyun kunlari markazda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNESCO hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish: AKT va raqamli ta’lim orqali sifatli va inklyuziv ta’limni ta’minlash” loyihasi doirasida mentor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-treninglar tashkil etildi. Treninglar davomida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim yondashuvlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli ta’lim vositalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish hamda…
Read MoreSurxondaryo viloyatida «Ishonch» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi va natijalari bilan tanishish maqsadida maxsus tashrif tashkil etildi. Tashrifda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi. Dastlab delegatsiya a’zolari Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida bo‘lib, o‘qituvchilar malakasini oshirish, raqamli ta’lim muhitini…
Read MoreAyni paytda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida iyun oyi davomida malaka oshirgan tinglovchilar uchun yakuniy attestatsiya jarayonining test bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Read More2026-yil 23-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari uchun “O‘smirlik davrida kuzatiladigan psixologik o‘zgarishlar va deviant xulq-atvorning oldini olish yo‘llari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi. Vebinar davomida o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari, ushbu yosh bosqichida kuzatiladigan emotsional, kognitiv va ijtimoiy o‘zgarishlar…
Read MoreJoriy yilning 24-iyun kuni 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari bo‘lib o‘tdi. Yakuniy attestatsiya loyiha ishi, mikrodars taqdimoti shaklida o‘tkazildi. Bunda tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etishdi.
Read MoreJoriy yilning 17-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Feruza Saidova tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti 2-guruhi tinglovchilari ishtirokida Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘chma amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilar tarbiyachilarning ish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish, bolalar bilan individual ishlash hamda o‘yin faoliyatini samarali tashkil…
Read MoreJoriy yilning 16-iyun kuni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar sho’basi hamda viloyat pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamkorligida tanlov fanlari hamda biznes va kasb-hunarga yo‘naltirish yo‘nalishlari joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminar davomida mazkur yo‘nalishlar…
Read MoreSurxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan pedagoglarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish yo‘nalishida salmoqli natijalarga erishildi. Joriy yilda amaliy fanlar yo‘nalishida 6 ta, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida 8 ta hamda rus va xorijiy tillar yo‘nalishida jami 10 ta metodik ish Respublika miqyosida ommalashtirildi. Xususan, rus va xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha rus tilidan tavsiya etilgan 2 ta, nemis tilidan tavsiya etilgan…
Read MoreMaktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2026-yilgi reja-grafikka muvofiq, ta’lim muassasalari xodimlarini “Yoshlarda halollikni shakllantirish”, “Halollik darslarini o‘tish metodikasi” hamda “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzulari bo‘yicha o‘qitish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan 2026-yil 9-iyun kuni markazda “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” hamda “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan markaz tinglovchilari ishtirokida davra…
Read MoreA.Avloniy nomidagi institutda o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va zamonaviy metodikalarini ommalashtirish jarayonlarining respublika bosqichi doirasida metodik ishlar taqdimotlari davom etmoqda. Ayni paytda metodik ishlar 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi hamda qo‘shimcha ekspertlar tarkibi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida ko‘rib chiqilmoqda. Baholash ishlari ommalashtirish.avloniy.uz platformasi orqali shaffof va xolislik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.
Read More

