Joriy yilning 16-iyun kuni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar sho’basi hamda viloyat pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamkorligida tanlov fanlari hamda biznes va kasb-hunarga yo‘naltirish yo‘nalishlari joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminar davomida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, doimiy nazoratga olish va muvofiqlashtirib borish, ishlab chiqilgan taqvim-mavzu rejalari hamda qo‘shimcha foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini ta’lim muassasalariga yetkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tanlov fanlari hamda biznes va kasb-hunarga yo‘naltirish yo‘nalishlari joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish, amaliy yordam berish hamda tegishli tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

Leave a Comment