
A.Avloniy nomidagi institutda o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va zamonaviy metodikalarini ommalashtirish jarayonlarining respublika bosqichi doirasida metodik ishlar taqdimotlari davom etmoqda. Ayni paytda metodik ishlar 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi hamda qo‘shimcha ekspertlar tarkibi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida ko‘rib chiqilmoqda. Baholash ishlari ommalashtirish.avloniy.uz platformasi orqali shaffof va xolislik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.



