Joriy yilning 17-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Feruza Saidova tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti 2-guruhi tinglovchilari ishtirokida Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘chma amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilar tarbiyachilarning ish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish, bolalar bilan individual ishlash hamda o‘yin faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning ilg‘or tajribalari bilan tanishib, o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.

Leave a Comment