Joriy yilning 22–26-iyun kunlari markazda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNESCO hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish: AKT va raqamli ta’lim orqali sifatli va inklyuziv ta’limni ta’minlash” loyihasi doirasida mentor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-treninglar tashkil etildi. Treninglar davomida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim yondashuvlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli ta’lim vositalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish hamda innovatsion pedagogik metodlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamladilar. Trening davomida ishtirokchilar hududlarda pedagoglarni metodik qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan samarali yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

Leave a Comment