2026-yil 23-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari uchun “O‘smirlik davrida kuzatiladigan psixologik o‘zgarishlar va deviant xulq-atvorning oldini olish yo‘llari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi. Vebinar davomida o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari, ushbu yosh bosqichida kuzatiladigan emotsional, kognitiv va ijtimoiy o‘zgarishlar hamda ularning shaxs rivojlanishiga ta’siri haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘smirlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan deviant xulq-atvor, zararli odatlar, internet va ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, tajovuzkorlik hamda boshqa salbiy og‘ishishlarning oldini olish bo‘yicha samarali psixologik yondashuvlar muhokama qilindi.

Leave a Comment