Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan tonggi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan tonggi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar uchun bir qator interaktiv va ijodiy topshiriqlar taqdim etildi. Jumladan, “Kodlangan meros” nomli shartda Bobur hayoti va ijodiga oid atamalarda tushirib qoldirilgan harflarni topish hamda ular asosida…

Read More

Tashrif

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Eʻzoza Karimova Surxondaryodagi qator ta’lim muassasalarida boʻldi. Dastlab Termiz shahar 2-son texnikumida masʻullar hamda oʻquvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, taʻlim sifatini oshirish, oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan oʻz tavsiyalari bilan boʻlishdi. Uchrashuvlar Termiz shahridagi Pedagogik mahorat markazida davom etdi. Bu yerda UNESCO bilan hamkorlikda…

Read More

Bobur tavalludining 543 yilligi

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda MTT musiqa rahbarlari guruhi tinglovchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Boburning serqirra ijodi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda boy adabiy merosi haqida ma’ruzalar qilindi. Ayniqsa, uning mashhur asari — «Boburnoma»ning tarixiy…

Read More

Surxondaryo viloyatida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi davom etmoqda

Surxondaryo viloyatida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi davom etmoqda Hududda “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinovlari qizg‘in va yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Mazkur bosqichda tuman va shahar miqyosida saralangan ilg‘or pedagoglar o‘zaro bellashib, kasbiy mahorati, innovatsion yondashuvi hamda zamonaviy ta’lim metodlarini qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etmoqda. Ishtirokchilar tomonidan o‘tkazilayotgan sinov darslari davomida o‘quvchilar bilan samarali muloqot,…

Read More

Dars tahlili

2026-yil 10-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi metodisti Goʻzal Mavlyanova tomonidan Termiz shahridagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Gulruxsor Boboqulovaning 4-V sinf oʻquvchilariga «Aralash kasrlani qoʻshish va ayirish» mavzusida oʻtgan darsi tahlil qilindi. Dars jarayonida o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirish darajasi, aralash kasrlar ustida amaliy mashqlar bajarish ko‘nikmalari hamda mustaqil fikrlash…

Read More

2025-yil 22-noyabr kuni Turkiyaning Marmara universiteti vakili Yusuf Alpaydin va Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 22-noyabr kuni Turkiyaning Marmara universiteti vakili Yusuf Alpaydin va Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-amaliy tajriba almashish hamda pedagoglar malakasini oshirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha muzokara o‘tkazdilar. Hamkorlik bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan yo‘nalishlar quyidagilardan iborat: o‘qituvchilar malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma…

Read More

Mahorat darsi

2025-yil 20-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Sayyora To‘rayeva tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari guruhi tinglovchilari uchun «Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari“ mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. ☑️ O‘qituvchi dars jarayonida guruhlar bilan ishlash asosida «Aktivator 3-2-1- mashqi», «Blist-so‘rov», «Aqliy hujum», “Qarorlar shajarasi” kabi metodlardan hamda kartochkalardan…

Read More

Ilmiy faoliyat

OAK e’tirofidagi «ZAMONAVIY JAMIYAT VA INNOVATSIYALAR» ilmiy-nazariy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi o’qituvchisi Maftuna Mengliqulovaning «Pedagog imidjini takomillashtirishda milliy an’analar va qadriyatlar ta’sirining etnologik va etnografik tahlili (OTM professor- o‘qituvchilari kiyinish madaniyati misolida)» nomli maqolasi e’lon qilindi.

Read More

Metodist soati

Joriy yilning 19-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Ingliz tili fani metodisti Fozilova Nigora tomonidan ingliz tili fani tinglovchilariga »Metodist soati» tashkil etildi. ✅Unda o‘qituvchilarga yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish hamda oʻqituvchlarning ilgʻor ish tajribalarini ommalashtirish tartibi haqida maʼlumotlar berildi.

Read More

Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi

“Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” doirasida joriy yilning 19-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida “Stop korrupsiya” xeshtegi ostida challenge o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi — ta’lim sohasida halollik muhitini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirishdan iborat.

Read More