Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan tonggi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun bir qator interaktiv va ijodiy topshiriqlar taqdim etildi.
Jumladan, “Kodlangan meros” nomli shartda Bobur hayoti va ijodiga oid atamalarda tushirib qoldirilgan harflarni topish hamda ular asosida kalit so‘zni aniqlash vazifasi bajarildi.
“So‘z sehrgari” topshirig‘ida esa ishtirokchilar berilgan so‘zlar va namunaviy qolip asosida Bobur uslubida bayt tuzib, o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
“Bobur xazinasi” ruknida buyuk ajdodimizning hayoti va ijodiga doir blits savollar hamda ijodiy topshiriqlar orqali ishtirokchilarning bilimlari mustahkamlandi.

Mazkur tadbir qatnashchilarning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Leave a Comment