2026-yil 10-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi metodisti Goʻzal Mavlyanova tomonidan Termiz shahridagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Gulruxsor Boboqulovaning 4-V sinf oʻquvchilariga «Aralash kasrlani qoʻshish va ayirish» mavzusida oʻtgan darsi tahlil qilindi.

Dars jarayonida o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirish darajasi, aralash kasrlar ustida amaliy mashqlar bajarish ko‘nikmalari hamda mustaqil fikrlash qobiliyatlari kuzatildi. Metodist tomonidan darsning maqsadga yo‘naltirilganligi, zamonaviy pedagogik usullardan samarali foydalanilgani ijobiy baholanib, kelgusida dars samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.

Leave a Comment