
2025-yil 20-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Sayyora To‘rayeva tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari guruhi tinglovchilari uchun «Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari“ mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
☑️ O‘qituvchi dars jarayonida guruhlar bilan ishlash asosida «Aktivator 3-2-1- mashqi», «Blist-so‘rov», «Aqliy hujum», “Qarorlar shajarasi” kabi metodlardan hamda kartochkalardan foydalanib, amaliy mashg’ulotning samaradorligini ko‘rsatdi.
Dars yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



