
2025-yil 22-noyabr kuni Turkiyaning Marmara universiteti vakili Yusuf Alpaydin va Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-amaliy tajriba almashish hamda pedagoglar malakasini oshirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha muzokara o‘tkazdilar.
Hamkorlik bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
o‘qituvchilar malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
pedagoglar uchun onlayn va oflayn seminarlar, mahorat darslari va treninglar tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot faoliyati va pedagogik innovatsiyalar bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish;
ilmiy konferensiyalar tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqish.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida muzokaralarni davom ettirish va taklif etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik kelishuvini amalga oshirishga kelishib oldilar.



