
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Eʻzoza Karimova Surxondaryodagi qator ta’lim muassasalarida boʻldi.
Dastlab Termiz shahar 2-son texnikumida masʻullar hamda oʻquvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, taʻlim sifatini oshirish, oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan oʻz tavsiyalari bilan boʻlishdi.
Uchrashuvlar Termiz shahridagi Pedagogik mahorat markazida davom etdi. Bu yerda UNESCO bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, yangi STEM laboratoriyasi va oʻquv xonalari bilan tanishdi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan mazkur Markazda qilingan ishlar va kelgusidagi rejalar, loyihalar haqida taqdimot qilindi. Dars jarayonlarini tashkil etish va pedagoglar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan masullarga tegishli topshiriqlar berildi.



