Davra_suhbati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-son qarori bilan tasdiqlangan 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, malaka oshirish kurslari jarayonida pedagog xodimlar uchun “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida mashg‘ulotlar tashkil etish vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 12-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan…

Read More

Vohamiz aholisi va mehmonlarini «Navro‘z» umumxalq bayrami sayllariga taklif etamiz!

Surxondaryo viloyatining bu yilgi «Navro‘z» umumxalq bayrami sayllari 10 kun davomida Termiz tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» massivi amfiteatr maydonida o‘tkaziladi. 💠Sayllar davomida milliy taomlar ko‘rik-tanlovi, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari hamda sumalak sayli, milliy sport o‘yinlari – arqon tortish, tosh ko‘tarish, kurash, stol tennisi kabi musobaqalar, dorbozlar chiqishlari va varrak uchirish sayllari tashkil etiladi. Shuningdek,…

Read More

MARKAZ PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI FRANSIYADA MALAKA OSHIRDI

2026-yil 26-fevral — 7-mart kunlari Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va professor-o‘qituvchilari Fransiyaning Nitsa shahrida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar. Mashg‘ulotlar fransiyalik trenerlar tomonidan zamonaviy ta’lim talablari asosida o‘tkazilib, ishtirokchilarga innovatsion pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar hamda xalqaro ta’lim tajribalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi. Dastur doirasida o‘tkazilgan “Madaniyatlararo kecha”…

Read More

Hurmatli onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Sizlarni bahor faslining go‘zal bayrami — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Jamiyatimizda mehr-oqibat, sadoqat, sabr-toqat va fidoyilik timsoli bo‘lgan siz muhtarama ayollar har bir oilaning fayzi, farovonligi va barakasi, jamiyat taraqqiyotining muhim tayanchi hisoblanasiz. Sizlarning ta’lim-tarbiya, ilm-fan hamda jamiyat hayotidagi fidokorona mehnatingiz va beqiyos hissangiz yuksak e’tirofga loyiqdir. Shu qutlug‘ ayyomda…

Read More

Ayollar_bayrami

Joriy yilning 5-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda bayram munosabati bilan psixologik treninglar, interaktiv mashg‘ulotlar va qiziqarli savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilarning faolligi ta’minlandi. Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning fidokorona mehnati hamda ta’lim tizimidagi faoliyati…

Read More

Tonggi_tadbir

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun bayramona tonggi tadbir tashkil etildi. 🌸 Tadbir doirasida markazga tashrif buyurgan tinglovchilar bayram munosabati bilan gullar bilan samimiy kutib olindi. Mazkur tashabbus ishtirokchilarda bayramona kayfiyat ulashishga xizmat qildi. Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir barcha…

Read More

Xorijiy maslahatchini jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi

2026-yil 2-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati Kenya Respublikasi fuqarosi  Samuel Choi Nyabere bilan maktabgacha va maktab ta’limi sohasida xodimlar malakasini oshirishga oid xalqaro kelishuv imzoladi. Xorijiy maslahatchi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi: ✅ xalqaro ilmiy va metodik hamkorlikni rivojlantirish; ✅ umumiy o‘rta ta’lim sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni tadqiq qilish va tavsiyalar ishlab chiqish;…

Read More

Tonggi_tadbir

SURXONDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA YANGI TINGLOVCHILAR KO‘TARINKI RUHDA KUTIB OLINDI. ⚡️2026-yil 2-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida professor-oʻqituvchilar va malaka oshirish kurs tinglovchilarining kayfiyatini koʻtarish, hayotga pozitiv munosabatni shakllantirish, kasbiy zoʻriqishining oldini olish maqsadida tonggi tadbir tashkil etildi. ✅ Tonggi tadbir barcha ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Read More

Seminar_trening

Joriy yilning 28-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-trening doirasida “O‘qish savodxonligi darslarida matn mazmuni asosida o‘quvchilar bilan muhokamalar tashkil etish” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Unda o‘quvchilarning matnni anglash, tahlil qilish hamda mazmunini chuqur tushunish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar atroflicha yoritildi. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida PIRLS…

Read More