Joriy yilning 28-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-trening doirasida “O‘qish savodxonligi darslarida matn mazmuni asosida o‘quvchilar bilan muhokamalar tashkil etish” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Unda o‘quvchilarning matnni anglash, tahlil qilish hamda mazmunini chuqur tushunish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar atroflicha yoritildi. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasidagi “Charlining qobiliyati” nomli badiiy matn asosida tahliliy ishlar olib borildi. Ishtirokchilar matn bilan ishlashning samarali usullarini amaliy mashqlar orqali sinovdan o‘tkazdilar. Mashg‘ulotlar yakunida test.avloniy.uz platformasi orqali sinov testlari tashkil etildi.

Leave a Comment