Surxondaryo viloyatining bu yilgi «Navro‘z» umumxalq bayrami sayllari 10 kun davomida Termiz tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» massivi amfiteatr maydonida o‘tkaziladi.
💠Sayllar davomida milliy taomlar ko‘rik-tanlovi, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari hamda sumalak sayli, milliy sport o‘yinlari – arqon tortish, tosh ko‘tarish, kurash, stol tennisi kabi musobaqalar, dorbozlar chiqishlari va varrak uchirish sayllari tashkil etiladi.
Shuningdek, 11-martdan 19-martga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha vohamizning san’atkorlari hamda soat 19:00 dan 21:00 gacha Poytaxtimizdan tashrif buyuradigan taniqli xonandalar ishtirokida konsert dasturlari namoyish etiladi.
📅 Konsert dasturlarida ishtirok etuvchi san’atkorlar:
⚫️11-mart – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Nomozov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurashid Yo‘ldoshev;
⚫️12-mart – estrada xonandasi Jasur Mavlonov;
⚫️13-mart – estrada xonandasi Sevinch Ismoilova;
⚫️14-mart – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Nomozov;
⚫️15-mart – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda;
⚫️16-mart – estrada xonandasi Zarina;
⚫️17-mart – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avazbek Olimov;
⚫️18-mart – estrada xonandasi Hamdam Sobirov;
⚫️19-mart – Navro‘z sayllarining asosiy bayram konserti.
Asosiy bayram konsert dasturiga taklifnoma bilan kiriladi.
🏆Shuningdek, 20-mart kuni ushbu amfiteatr maydonida «Surxondaryo viloyati hokimi sovrini» uchun kurash musobaqasi o‘tkaziladi.
Barcha vohadoshlarimiz hamda viloyatimiz mehmonlarini sharqona yangi yil – «Navro‘z» umumxalq bayrami sayllariga taklif etamiz.



