2026-yil 26-fevral — 7-mart kunlari Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va professor-o‘qituvchilari Fransiyaning Nitsa shahrida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar.
Mashg‘ulotlar fransiyalik trenerlar tomonidan zamonaviy ta’lim talablari asosida o‘tkazilib, ishtirokchilarga innovatsion pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar hamda xalqaro ta’lim tajribalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi. Dastur doirasida o‘tkazilgan “Madaniyatlararo kecha” tadbirida turli davlatlardan kelgan ishtirokchilar o‘z milliy qadriyatlari va ta’lim tajribalarini namoyish etdilar. Tadbir o‘zaro muloqotni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Kurs yakunida ishtirokchilarga Francophonia xalqaro ta’lim markazi tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Leave a Comment