Joriy yilning 5-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda bayram munosabati bilan psixologik treninglar, interaktiv mashg‘ulotlar va qiziqarli savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilarning faolligi ta’minlandi. Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning fidokorona mehnati hamda ta’lim tizimidagi faoliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, trening mashg‘ulotlari orqali ishtirokchilarning ijobiy kayfiyatini mustahkamlash va jamoada samimiy muhitni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Leave a Comment