Sizlarni bahor faslining go‘zal bayrami — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Jamiyatimizda mehr-oqibat, sadoqat, sabr-toqat va fidoyilik timsoli bo‘lgan siz muhtarama ayollar har bir oilaning fayzi, farovonligi va barakasi, jamiyat taraqqiyotining muhim tayanchi hisoblanasiz. Sizlarning ta’lim-tarbiya, ilm-fan hamda jamiyat hayotidagi fidokorona mehnatingiz va beqiyos hissangiz yuksak e’tirofga loyiqdir. Shu qutlug‘ ayyomda sizlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman. Har bir kuningiz quvonch, mehr va ezgu niyatlar bilan bezansin, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirayotgan sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin. Bahorning go‘zalligi, nafosati va iliq kayfiyati doimo sizlarga yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori
Isoqov Murot Madaminjonovich

Leave a Comment