Joriy yilning 26-sentabr kuni Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida “PIRLS xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik: Buxoro tajribasi” mavzusida Respublika miqyosidagi amaliy o‘quv-seminari boʻlib oʻtdi. Unda markazimiz professor-oʻqituvchilari Toʻlqin Anorov va Elbek Toshevlar ham oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Read MoreJoriy yilning 23-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining Ingliz tili fani metodisti Fozilova Nigora tomonidan ingliz tili fani tinglovchilariga »Metodist soati» tashkil etildi. ✅Dars jarayonida o‘qituvchilarga yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish hamda oʻqituvchlarning ilgʻor ish tajribalarini ommalashtirish tartibi haqida maʼlumotlar berildi.
Read MoreBugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida tinglovchilarining kayfiyatini koʻtarish, hayotga pozitiv munosabatni shakllantirish, kasbiy zoʻriqishining oldini olish maqsadida «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tonggi tadbir tashkil etildi. ✅ Unda «Qo‘l mashqlari», «Tilaklar qutisi», «Mevali shashka», «Yangi soʻz top», «Qiziqarli savollar» nomli metodikalardan foydalanildi. Tadbir barcha ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Read MoreJoriy yilning 19-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida malaka oshirayotgan kutubxona rahbarlari guruhi tinglovchilari viloyat bolalar kutubxonasida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazishdi. 💻Amaliy mashg‘ulot davomida kompyuter texnologiyalari asosida elektron katalog yaratish, elektron resurslar kiritish, kutubxona moddiy texnik bazasi bilan ishlash kabi yangiliklar o‘rganildi.
Read MoreO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-dekabrdagi «Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi PQ-443-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi tinglovchilari o‘rtasida “Sog’lom tanada – sifatli bilim” shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Read MoreBugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Intellektual asrda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi: ✅Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish: zamonaviy metodika va xalqaro tajribalar. ✅Raqamli texnologiyalar muhitida inklyuziv taʼlim samaradorligini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati. ✅O‘quvchi shaxsini…
Read MoreSURXONDARYO VILOYATIDA “KASBIY RIVOJLANISH KUNI” VA “KASBIY RIVOJLANISH SOATI” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA SEMINAR-TRENINGGA START BERILDI 2025-yil 17-sentabr kuni Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha seminar-treningning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov,…
Read MoreTABRIKLAYMIZ! O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2025-yil 25-avgustdagi 374/5-sonli qarori bilan PROFI UNIVERSITY va Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari muassisligida o‘zbek, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz, tojik, qoraqalpoq tillarida nashr etiladigan «Fan va ta’lim yangiliklari” ilmiy-amaliy jurnali pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan…
Read MoreFozilova Nigora Tohirovna “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi Joriy yilning 9–11-sentabr kunlari A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Kasbiy rivojlanish kuni” hamda “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida master-trenerlar uchun treninglar o‘tkazildi. Mazkur treninglarning yakuniy tadbirida Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi ingliz tili fani metodisti Fozilova Nigora…
Read MoreO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 867-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov va viloyat pedagogik mahorat markazi direktori o’rinbosari A.Bayturayevlar hamkorligida kengaytirilgan tartibda ZOOM platformasi orqali onlayn yig‘ilish tashkil etildi. Unda tuman…
Read More

