
SURXONDARYO VILOYATIDA “KASBIY RIVOJLANISH KUNI” VA “KASBIY RIVOJLANISH SOATI” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA SEMINAR-TRENINGGA START BERILDI
2025-yil 17-sentabr kuni Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha seminar-treningning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov, Pedagogik mahorat markazi direktori o‘rinbosari Sanjar Sattorov hamda Pedagog kadrlar salohiyatini oshirishni muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig‘i Olim Jumayev ishtirok etdilar.
Seminar-treninglar 2025-yil 17–20-sentabr kunlari davom etadi.



