
Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Intellektual asrda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✅Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish: zamonaviy metodika va xalqaro tajribalar.
✅Raqamli texnologiyalar muhitida inklyuziv taʼlim samaradorligini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati.
✅O‘quvchi shaxsini rivojlantirish va tarbiyalashda yangicha
yondashuvlar.
✅Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ va tanqidiy fikrlashini
rivojlantirish: xalqaro tajribalar va pedagogik yondashuvlar.
✅Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishi:
zamonaviy yondashuvlar va metodik usullar.
Ushbu anjumanda poytaxtimiz va respublikamizning turli viloyatlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar tomonidan 300 dan ortiq materiallar kelib tushdi.



