
TABRIKLAYMIZ!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2025-yil 25-avgustdagi 374/5-sonli qarori bilan PROFI UNIVERSITY va Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari muassisligida o‘zbek, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz, tojik, qoraqalpoq tillarida nashr etiladigan «Fan va ta’lim yangiliklari” ilmiy-amaliy jurnali pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.



