O’quv qo’llanma

TABRIKLAYMIZ! O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktabrdagi 387-sonli buyrug‘i bilan Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nigora Kenjaboyevaning «Pedagogikaning pragmatik aspektlari» nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi.

Read More

Uslubiy qo’llanma

2025-yil 11-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Abdunazar Salomovning «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI UCHUN MATEMATIKA» nomli uslubiy qo‘llanmasi nashrdan chiqdi. ❇️ Markaz jamoasi A.Salomovni ushbu munosabat bilan tabriklaydi va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Read More

Dars tahlili

2025-yil 10-oktabr kuni Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti G.Mavlyanova tomonidan Termiz shahridagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shahnoza Safarovaning 2-»B» sinf o‘quvchilariga tasviriy sanʼat fanidan «Ajoyib hayvonlar» mavzusidagi darsi tahlil qilindi. Dars tahlili jarayonida o‘qituvchi tomonidan o’tilgan mahorat darsidagi yutuq va kamchiliklar o‘zaro tahlil qilinib, metodik tavsiyalar berildi.

Read More

Ilmiy faoliyat

OAK e’tirofidagi «Yashil iqtisodiyot» ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik, ilmiy-ommabop jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Muzaffar Rahimovning «INSON KAPITALI VA IQTISODIYOTNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI» nomli maqolasi e’lon qilindi.

Read More

Ilmiy faoliyat

«Ta’lim, fan va innovatsiya» ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori o‘rinbosari Sattorov Sanjar Abdumurodovichning «MINTAQAVIY RIVOJLANISH STRATEGIYALARNI BAHOLASH: KO‘P MEZONLI KPI VA SSENARIY MODELLASHTIRISH» nomli maqolasi e’lon qilindi.

Read More

Ilmiy faoliyat

«Ta’lim, fan va innovatsiya» ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Isoqov Murot Madaminjonovichning «FUQAROLIK SEKTORIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH: 5P MODELI» nomli maqolasi e’lon qilindi. “Ta’lim, fan va innovatsiya” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 18-noyabrdagi 218/5-sonli qarori bilan 13.00.00 – PEDAGOGIKA FANLARI bo‘yicha, 2018-yil 28-noyabrdagi 247/6-sonli qarori bilan…

Read More

Joriy yilning 3-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Oripova va yetakchi mutaxassisi M.Nigmatullayevalar tomonidan Boysun tumanidagi 3-, 7-, 12-, 13-, 20-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun Metodik soatlari o‘tkazildi. Unda tarbiyaning ish hujjatlarining yuritilishi, mashg‘ulotlarda o‘yin faoliyatidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Read More

Ilmiy faoliyat

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnolgiyalari” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, professor Qodirov Umarali Do‘stqobilovichni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining «Личность: ресурсы и потенциал» ilmiy-amaliy jurnalining tahririyat kengashi a’zoligiga qabul qilinganligi munosabati bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Read More

1-оktabr – O‘qituvchi va murаbbiylаr kuni

Assalomu alaykum, qadrli ustoz va murabbiylar! Sizlаrni «1-оktabr – O‘qituvchi va murаbbiylаr kuni» bilan samimiy mubоrаkbоd etаmаn! Ustozlik – bu nafaqat kasb, balki muqaddas burch, buyuk masʼuliyat, xalq va Vatan oldidagi oliy xizmatdir. Yurtimiz ravnaqi, farzandlarimizning komil inson bo‘lib voyaga yetishida sizlarning o‘rningiz beqiyosdir. Bugun jamiyatda egallangan har bir yutuq, har bir muvaffaqiyat zamirida ustozning…

Read More

TABRIKLAYMIZ!!!

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Salomov Abdunazar Abdivosixovich ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun pedagog o‘qituvchilar, ta’limning turli yo‘nalishlarida tahsil oluvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida o‘tkazilgan “Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarida yosh kadrlarni sifatli inklyuziv o‘qitishni rivojlantirish va unga…

Read More