Fozilova Nigora Tohirovna “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Joriy yilning 9–11-sentabr kunlari A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Kasbiy rivojlanish kuni” hamda “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida master-trenerlar uchun treninglar o‘tkazildi.

Mazkur treninglarning yakuniy tadbirida Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi ingliz tili fani metodisti Fozilova Nigora Tohirovna maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi samarali mehnati va yuksak natijalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bu mukofot N.Fozilovaning ko‘p yillik fidokorona mehnati va ta’lim sifatini oshirishga qo‘shgan salmoqli hissasining yuksak e’tirofi sifatida baholanadi.

Leave a Comment