Forum Ta‘limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollariga bag‘ishlangan forum doirasidagi konferensiya yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Tadbirda vazirlik va institut rahbariyati, yigirmaga yaqin xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari hamda vazirlikning hududiy tashkilotlar masʼullari ishtirok etmoqda.
Read MoreMARKAZDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-yanvardagi buyrug‘i hamda markazning ish rejasiga muvofiq “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va STEAM integratsiyasining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Mazkur anjumanda ilmiy izlanuvchilar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, pedagoglar hamda xorijiy…
Read MoreAshurov Oybek Qurbonovich Surxondaryo viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O.Ashurov 1988-yil Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos. Malaka darajasi — 3-darajali xizmatchi. U mehnat faoliyati davomida turli yillarda Sherobod va Sho‘rchi tumanlari hokimliklarida turli vazifalarda, xususan, hokim…
Read More2026-yil 11-may kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamkorligida “Ta’limni yashillashtirish” (Greening Education) tashabbusi doirasida iqlim ta’limi bo‘yicha master-trenerlarni tayyorlashga qaratilgan “Trenerlar uchun trening” (ToT) o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mazkur tashabbus 50 000 nafar o‘qituvchini iqlim ta’limi yo‘nalishida tayyorlashga qaratilgan keng ko‘lamli xalqaro loyiha doirasida amalga oshirilmoqda. Loyiha BMTTD tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha…
Read MoreOAK e’tirofidagi “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi oʻqituvchisi Zarif Normuhammedovning «GLOBALLASHUV SHAROITIDA O‘SMIRLARDA MEDIA-SAVODXONLIK VA AXBOROT XAVFSIZLIGI MADANIYATINI TARBIYALASH» nomli maqolasi e’lon qilindi.
Read MoreSurxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Termiz davlat pedagogika instituti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida 2026-yil 7-may kuni markaz tinglovchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi. Jumladan, institut katta o‘qituvchisi Karasakalov Revkat Kenesovich tomonidan matematika guruhi tinglovchilari ishtirokida “Trigonometrik tengsizliklar” mavzusida, shuningdek, katta o‘qituvchi Xolmurodov Shuhrat Okboyevich tomonidan informatika guruhi tinglovchilari uchun “Ta’limda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va takomillashtirish”…
Read MoreYig‘ilishda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov ishtirok etdi. Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘i ijrosi hamda umumta’lim muassasalarida metodik xizmatni yanada takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, o‘qituvchilar attestatsiyasi natijalari tahlil qilinib, ayrim fanlar kesimida kutilgan natijalarga erishilmayotgani qayd etildi. Bu esa metodik tayyorgarlik…
Read MoreSurxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida 19 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurslari doirasida tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori asosida joriy etilgan malaka oshirish tizimining mazmun-mohiyati, yangi tartib va imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, kurslarning…
Read MoreSURXONDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA YANGI TINGLOVCHILAR KO‘TARINKI RUHDA KUTIB OLINDI ⚡️2026-yil 4-may kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida professor-oʻqituvchilar va malaka oshirish kurs tinglovchilarining kayfiyatini koʻtarish, hayotga pozitiv munosabatni shakllantirish, kasbiy zoʻriqishining oldini olish maqsadida tonggi tadbir tashkil etildi. ✅ Tonggi tadbir barcha ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Read More«Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish: yuqori sifatli va inklyuziv taʼlim natijalariga erishish uchun AKT va raqamli taʼlimdan foydalanish» loyihasi doirasida master trenerlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi va qator hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdi. ➖ Tadbir doirasida treninglarni muvaffaqiyatli tamomlagan 21 nafar…
Read More

