Yig‘ilishda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov ishtirok etdi. Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘i ijrosi hamda umumta’lim muassasalarida metodik xizmatni yanada takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, o‘qituvchilar attestatsiyasi natijalari tahlil qilinib, ayrim fanlar kesimida kutilgan natijalarga erishilmayotgani qayd etildi. Bu esa metodik tayyorgarlik va amaliy yordamni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatdi.
Yig‘ilish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, hamkorlikni kuchaytirish hamda samaradorlikni oshirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olindi.

Leave a Comment