Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida 19 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurslari doirasida tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori asosida joriy etilgan malaka oshirish tizimining mazmun-mohiyati, yangi tartib va imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.  Shuningdek, kurslarning maqsad va vazifalari, o‘quv dasturlarining amaliy ahamiyati, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi. Tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

Leave a Comment