MARKAZDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI
Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-yanvardagi buyrug‘i hamda markazning ish rejasiga muvofiq “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va STEAM integratsiyasining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Mazkur anjumanda ilmiy izlanuvchilar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, pedagoglar hamda xorijiy hamkorlar faol ishtirok etib, zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va STEAM yondashuvlarini ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish masalalari yuzasidan ilmiy fikr almashdilar.
Anjumanda quyidagi xorijiy ishtirokchilar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar:
— Massachusetts Texnologiya Instituti (MIT) professori Jozef Doiron;
— Iroqdagi Al-Naji universiteti vakili Abdullah Kurudirek;
— Turkiyalik tadqiqotchi Fatih Elibol;
— Markaz xorijiy maslahatchisi Nyabere Samue Choi
— Texaslk mutaxassis Iskender Inceoglu va boshqalar.
Shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi olimlari va tajribali mutaxassislari ham o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etib, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, raqamli pedagogika, sun’iy intellekt asosidagi o‘qitish metodlari hamda STEAM ta’limi samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.

Leave a Comment