
“Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi” davom etmoqda.
Forum doirasida malakali mutaxassislar ishtirokida taʼlim tizimining dolzarb yoʻnalishlariga bagʻishlangan mahorat darslari va amaliy mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.
Jumladan:
✅ uzluksiz kasbga yoʻnaltirish tizimini rivojlantirish;
✅ qoʻshimcha taʼlim tizimini takomillashtirish;
✅ xorijiy mutaxassislar bilan ishlash tartibi;
✅ davlat-xususiy sheriklik loyihalari;
✅ media monitoring va axborot xizmati faoliyati;
✅ davlat tilini oʻqitishning zamonaviy konsepsiyasi;
✅ yangi avlod darsliklari va zamonaviy oʻqitish metodikasi;
✅ pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi va uning raqamli ekotizimi kabi mavzular muhokama qilinmoqda.



