Ustozlar milliy forumi doirasida bo’lib o’tayotgan sport festivali yakunlandi. Toshkent shahrida bo‘lib o’tayotgan “Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilari uchun tashkil etilgan sport festivali yakuniga yetdi. Musobaqalarda ustozlar o‘zlari tanlagan sport yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun mardonavor kurash olib bordilar. Har bir ishtirokchi jamoa va shaxsiy natija uchun bor kuchini ishga solib, o‘zining chaqqonligi, mahorati va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi. Sport festivali ustozlarning nafaqat kasbiy, balki jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborini ham namoyon etdi. Surxondaryo viloyati jamoasi ham musobaqalarda faol ishtirok etdi.

Leave a Comment