Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, hurmatli ustozlar!

🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug’ sanasi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Mustaqillik — milliy davlatchiligimiz, xalqimizning erkin va farovon hayot sari dadil intilishlari, Vatanimizning buguni va porloq kelajagini belgilab beruvchi beqiyos qadriyatdir. O‘tgan yillar davomida yurtimiz hayotining barcha jabhalarida, xususan, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimizning bunyodkorlik salohiyati…

Read More

YUNESKO hamda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida 25–27-avgust kunlari mentor-o‘qituvchilar ishtirokida pedagogika va andragogika yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uch kunlik trening tashkil etildi.

Uch kun davomida ishtirokchilar uzluksiz kasbiy rivojlanishning zamonaviy yondashuvlari, kattalar ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari hamda pedagoglarning kasbiy o‘rganish jarayonidagi motivatsiya va to‘siqlarni aniqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar. Trening jarayonlari amaliy mashg‘ulotlar va interfaol faoliyatlar asosida olib borildi. Mazkur faoliyatlar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma…

Read More

Ilmiy_faoliyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-avgustdagi Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha MA’LUMOTNOMAsiga binoan «Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari» kafedrasi professori v.b. pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nigora Kenjaboyeva va “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Bahrom…

Read More

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida maktab direktorlari uchun uch kunlik o‘quv kurslari boshlandi.

Mazkur o‘quv kurslaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktab direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, samarali rahbarlik va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda zamonaviy ta’lim talablari asosida faoliyat yuritish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat. Kurs davomida ishtirokchilar ta’lim muassasasini samarali boshqarish, jamoa bilan ishlash, pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari…

Read More

Ilmiy_faoliyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 13-avgustdagi Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha MA’LUMOTNOMAsiga binoan “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Bahrom Umarov (hammualliflikda)ning magistratura ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan «TADQIQIY PEDAGOGIKA» nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr qilishga tavsiya etildi.

Read More

Dolzarb_30_kun

«Dolzarb 30 kun» doirasida viloyat umumta’lim maktablarida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglar davom etmoqda. Navbatdagi seminar-treninglarda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish, innovatsion metodlarni amaliyotga joriy etish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr va tajriba almashib, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy yondashuvlar bilan tanishdilar. Shuningdek,…

Read More

Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ezgulik va mehr-oqibat chellenji davom etmoqda. Mazkur tashabbus doirasida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati tomonidan markazda faoliyat yuritayotgan texnik xodimlarning holidan xabar olindi. Shuningdek, xonadon egalariga oziq-ovqat mahsulotlari topshirilib, bayram arafasida samimiy…

Read More

Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!

Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ezgulik chellenjiga start berildi. Chellenjning ilk tadbirini viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshlab berdi. U Termiz shahrining Amu sohili mahallasida yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oiladan xabar olib, xonadon sohiblariga bayram sovg‘alarini topshirdi. Tashrif…

Read More

Milliy_qadriyatlar_targ‘ibotchisi

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Surxondaryo viloyatida ham “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinov jarayonlariga start berildi. Ayni paytda ishtirokchilarning qur’a tashlash jarayoni tashkil etilib, ularga chiqish va ishtirok etish tartibini belgilovchi raqamlar berildi. Qur’a natijalariga ko‘ra, ishtirokchilar belgilangan tartibda o‘z chiqishlarini amalga oshiradilar. Sinovlar davomida ishtirokchilarning milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, ma’naviy meros…

Read More

Xalqaro malaka oshirish: ilg‘or tajriba va kasbiy rivojlanish

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi nemis va fransuz tillari metodisti Sarvar Muxammadiyev ayni kunlarda Germaniyaning Bremen shahrida Goethe-Institut tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda. Joriy yilning 10–21-avgust kunlari bo‘lib o‘tayotgan mazkur malaka oshirish kursi nemis tilini o‘qitishning zamonaviy metodikasi va didaktikasi, til kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ilg‘or pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan.…

Read More