Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi nemis va fransuz tillari metodisti Sarvar Muxammadiyev ayni kunlarda Germaniyaning Bremen shahrida Goethe-Institut tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda. Joriy yilning 10–21-avgust kunlari bo‘lib o‘tayotgan mazkur malaka oshirish kursi nemis tilini o‘qitishning zamonaviy metodikasi va didaktikasi, til kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ilg‘or pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan. Kursning asosiy maqsadi — nemis tili ta’limini zamonaviy va samarali pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish, pedagoglarning kasbiy, metodik va til kompetensiyalarini yanada rivojlantirishdan iborat.

Leave a Comment