Joriy yilning 27-iyul — 6-avgust kunlari «Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi professori Nigora Kenjaboyeva Koreya Respublikasining Cheonan shahridagi Namseoul Universitetida tashkil etilgan «Koreya madaniyati va xorijiy til o’qitish metodikasi» (Training Program on Korean Culture and Foreign Language Pedagogy) mavzusidagi 144 soatlik xalqaro malaka oshirish dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Malaka oshirish dasturi davomida ishtirokchilar koreys tilini o’qitishning zamonaviy metodikalari bilan tanishdi, Koreya madaniyati, hunarmandchiligi, AR/VR va dron texnologiyalari bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda qatnashdi. Shuningdek, dastur doirasida Seul shahriga ikki kunlik madaniy ekskursiya hamda Cheonan shahri bo’ylab tanishtiruv sayohati tashkil etildi. Dastur yakunida N.Kenjaboyevaga Namseoul Universiteti tomonidan xalqaro namunadagi sertifikat topshirildi.

Leave a Comment