
«Dolzarb 30 kun» doirasida seminar-treninglar boshlandi. Ta’lim sifatini yanada oshirish, umumta’lim maktablarida o’quv-tarbiya jarayoni samaradorligini yuksaltirish hamda pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida viloyat umumta’lim maktablarida «Dolzarb 30 kun» doirasida seminar-treninglar boshlandi. Seminar-treninglar har haftaning seshanba va juma kunlari «Umumta’lim maktablari fan o’qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish: muammo, yechim va takliflar» mavzusida o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, unda fan o’qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy mashg’ulotlar olib boriladi.



