Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktorining 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Aziz onaxonlar va opa-singillar, sizlarni bahorning ilk va eng go‘zal bayrami – 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman! Bizni hamisha оdаmiylik, оliyjаnоblik sаri chоrlaydigan, sаdoqаt sоhibasi bo‘lmish siz muhtarama ayollarning mehr-muhabbatingiz va zahmatingizni hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Bugungi bаhoriy аyyоm kunlаrida Sizlаrga оilаviy baxt-sаоdat, shоdu xurrаmlik, mustаhkam sog‘lik, xonаdоningizga tinchlik-xotirjamlik,…

Read More

Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi

Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari guruhi tinglovchilari tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar muhtarama ayollar va opa-singillarimizni bahor va nafosat ayyomi boʻlmish bayram bilan tabriklab, ularga uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, bahoriy kayfiyat…

Read More

Bayram tadbiri

Kuni kecha «8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan  Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi uchun «Farhod» tantanalar saroyida bayram dasturxoni yozildi. Shuningdek, tadbirda bir guruh professor-oʻqituvchilar ta’lim tizimidagi faoliyati hamda koʻrsatgan xizmatlari uchun faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Read More

Binar dars

Joriy yilning 7-mart kuni “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent  Bahrom Umarov va katta o‘qituvchi Surayyo Qodirova tomonidan “O‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda zamonaviy o‘quv jarayonini tashkil etish yo‘llari. 5E modeli” mavzusida binar o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. O‘quv mashg‘uloti jarayonida  o‘quvchilarda muammoni o‘rganish va savollar berish, farazlarni ishlab chiqish va…

Read More

Seminar

Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida  my.gov.uz portali va uning mobil ilovasi imkoniyatlariga doir seminar-trening oʻtkazildi. Unda markazga tashrif buyurgan rahbar xodimlar va professor-o’qituvchilar elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga muvaffaq boʻlishdi.  ✅ Tadbir davomida tinglovchilar portalda joriy etilgan xizmatlar, ulardan foydalanish tartiblari, mobil ilovaga qoʻshilgan yangi qulaylik va funksiyalar bilan tanishtirildi.…

Read More

ilmiy faoliyat

OAK e’tirofidagi «Ta’limda istiqbolli izlanishlar» xalqaro ilmiy-metodik jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi o‘qituvchisi Dilnoza To‘rayeva maqolasi e’lon qilindi. Jurnal O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi OAK Rayosatining 2024-yil 7-iyundagi 355-son qarori bilan pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha dissertatsiya ishlari natijalari yuzasidàn ilmiy…

Read More

Zakovat

Joriy yilning 6-mart kuni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, “Ishonch” teleradiokompaniyasi hamda viloyat “Zakovat” intellektual klubi hamkorligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Zakovat bulog‘i” intellektual telebellashuvi o‘tkazildi. Mazkur bellashuvda boshqarma, viloyat Pedagogik mahorat markazi, viloyat bolalar kutubxonasi, viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining ayollar jamoalari ishtirok etishdi. Qizg‘in bahs-munozaralarga boy kechgan tadbir…

Read More

Kasbiy rivojlanish kuni

Joriy yilning 6-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi metodistlari S.Xasanov va Ch.Maxmatraimovlar tomonidan Termiz shahridagi 3-, 4- va 8-sonli umumta’lim maktablarida «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarining o‘tkazilish holati o‘rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘qituvchilarga ko‘rsatmalar berildi.

Read More

Pisa tadqiqotiga tayyorgarlik

Joriy yilning 5-mart kuni Termiz shahridagi Prezident maktabi studiyasida PISA tadqiqotida ishtirok etishi belgilangan 15 ta maktablarning tabiiy fan yetakchi o‘qituvchilari hamda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi mas’ullari “Tabiiy-ilmiy savodxonlik” yo‘nalishida tashkil etilgan treningda ishtirok etishdi. Ushbu treningda 15 ta maktablardagi studiyalardan viloyat bo‘yicha jami 94 nafar (100%) tabiiy fan o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Read More

PISA-2025 ga tayyorgarlik

oriy yilning 5-mart kuni Surxondaryo viloyatida PISA 2025 tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Pedagogik mahorat markazidan maktablarga biriktirilgan 14 nafar mas’ullar tomonidan 16 nafar tegishli fan o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlari tahlil qilindi. Shuningdek, tanlab olingan maktablardan 781 nafar o‘quvchilar test.avloniy.uz platformasida 1-2-namunaviy PISA topshiriqlarini bajarishga jalb etildi.

Read More