Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi
7
Mar
2025
Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari guruhi tinglovchilari tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar muhtarama ayollar va opa-singillarimizni bahor va nafosat ayyomi boʻlmish bayram bilan tabriklab, ularga uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, bahoriy kayfiyat hamroh boʻlishini tilab qoldilar va ayollarga bagʻishlangan tabrik she’rlarini o‘qib eshittirdilar.
Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar, she’r va qutlovlar barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.