Bugun 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlarining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yakuniy attestatsiya jarayonlari loyiha ishi yoki mikrodars taqdimoti shaklida o‘tkazildi, bunda tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etishdi.
Read MoreOAK e’tirof etgan bazalarda indekslanadigan yuqori impakt faktorli «American Journal of Pedagogical and Educational Research» ilmiy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Salomov Abdinazar Abdivosixovich maqolasi e’lon qilindi.
Read More2025-yil 12-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi To’ychibek Bolliyev tomonidan biologiya guruhi tinglovchilari bilan «Bola huquqlarini himoya qilishning davlat siyosati» mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. Dars jarayonida «Karam», «Aqliy hujum», «Klaster», «Xotira mashqi», «Muhokama», «Krosswordli atamalar» metodlaridan foydalanildi. Dars mobaynida tinglovchilar tomonidan mavzuga oid sahna koʻrinishi namoyish etildi.
Read MoreSurxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati tomonidan Uzun tumanidagi 6-, 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida PISA 2025 xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Shuningdek, mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish, xalqaro tadqiqot jarayonlarida yuqori natijalarni qayd etish choralarini koʻrish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar va metodik yordam berildi.
Read MoreFanlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan malaka oshirishga kelgan tinglovchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda to‘plangan ilg‘or tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 11-mart kuni Termiz shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi N.Ulug‘ov tomonidan «Ona tili va adabiyot fanida loyiha ishiga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish»…
Read MoreSurxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori M.Isoqov Sho’rchi tumanidagi 31-sonli, Denov tumanidagi 57-sonli va Oltinsoy tumanidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim jarayoni bilan tanishdi hamda o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi. Tashrif davomida maktablarda PISA 2025 xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi, o‘quvchilarning funksional savodxonligini oshirish, mantiqiy tafakkur va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini…
Read MorePedagogik mahorat markazidagi o‘qish jarayonida korrupsion holatlarga uchradingizmi? Unda «@takmur_bot» telegram boti va quyidagi ishonch raqamlariga bog‘lanishingiz mumkin: +998 91 909 90 60 +998 91 583 88 00 +998 91 584 44 14
Read More2025-yil 10-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Zamira Safarova tomonidan rus tili guruhi tinglovchilari bilan «Развитие навыков критического мышления» mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. Dars jarayonida «Insert», «Aqliy hujum», «Klaster», «Sinkveyn» va «Kalit so‘zlar» metodlaridan foydalanildi. Dars qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi.
Read MoreJoriy yilning 10-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va ishchi guruhi tomonidan Sariosiyo tumanidagi 1-, 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida PISA 2025 xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Shuningdek, mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish, xalqaro tadqiqot jarayonlarida yuqori natijalarni qayd etish choralarini koʻrish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar va metodik yordam berildi.
Read More2025-yil 10-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida professor-oʻqituvchilar va malaka oshirish kurs tinglovchilarining kayfiyatini koʻtarish, hayotga pozitiv munosabatni shakllantirish, kasbiy zoʻriqishining oldini olish maqsadida tonggi tadbir tashkil etildi. ✅ Tonggi tadbir barcha ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Read More

