Bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida  my.gov.uz portali va uning mobil ilovasi imkoniyatlariga doir seminar-trening oʻtkazildi.

Unda markazga tashrif buyurgan rahbar xodimlar va professor-o’qituvchilar elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga muvaffaq boʻlishdi.

 ✅ Tadbir davomida tinglovchilar portalda joriy etilgan xizmatlar, ulardan foydalanish tartiblari, mobil ilovaga qoʻshilgan yangi qulaylik va funksiyalar bilan tanishtirildi. Shuningdek, pulli xizmatlardan foydalanishda mavjud chegirmalar boʻyicha maʼlumotlar berildi.

 ✅ Seminarda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

☑️  Siz ham my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanishni oʻrganing va hayotingizni yanada osonlashtiring!

Leave a Comment