Joriy yilning 7-mart kuni “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent  Bahrom Umarov va katta o‘qituvchi Surayyo Qodirova tomonidan “O‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda zamonaviy o‘quv jarayonini tashkil etish yo‘llari. 5E modeli” mavzusida binar o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

O‘quv mashg‘uloti jarayonida  o‘quvchilarda muammoni o‘rganish va savollar berish, farazlarni ishlab chiqish va sinab ko‘rish ko‘nikmalarini shakllantirilishida «Idrok xaritasi» va “Ajurli arra” metodlarining pedagogik imkoniyatlari namoyish etildi.

Leave a Comment